Issiqlik ta’minoti xizmatlarining narxi ma’lum qilindi

Toshkent shahar hokimligi «Veolia Energy Tashkent» MCHJ XK tomonidan ko‘rsatiladigan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlarni tasdiqladi.

Unga ko‘ra, «Veolia Energy Tashkent» MCHJ XK tomonidan ko‘rsatiladigan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar (bazaviy tarif) 397 ming 212 so‘m/Gkal mikdorida belgilandi.

Qarorga muvofiq, issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun chakana tariflar kuyidagilar uchun avvalgi narxlarda koladi:

aholi uchun – 91 ming  960 so‘m/Gkal (2019 yil 15 avgustdan amalda);

kichik, o‘rta va yirik biznes uchun – 141 ming 737 so‘m/Gkal (2019 yil 15 avgustdan amalda).

Byudjet tashkilotlari uchun esa chakana tarif – 502 067 so‘m/Gkalni tashkil kiladi.

Narxlar e’lon qilingan kundan boshlab 15 kun o‘tib, ya’ni 2022 yil 21 oktyabrda kuchga kiradi.

Bazaviy va chakana tariflar o‘rtasidagi farq Toshkent shahrining mahalliy byudjeti hisobidan subsidiyalanadi.