Ishg‘oldan ozod etilgan qishloqdan bir quti tilla tish topildi

Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush oqibatida yuzaga kelayotgan holatlar voqealarning qanchalik darajada dahshatli tusda yuz berayotganini isbotlamoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan tasvirlarda, Rus ishg‘olidan qutqarilgan bir qishloqda protivagaz, bir quti tilla tish va boshqa ashyolar topildi.

Ukrainalik rasmiylar, Xarkivda xalos etilgan Riskiy-Radkivskiy qishlog‘ida, Putinning askarlarining mahalliy aholini tiriklay ko‘mgani, uylarini talon-taroj qilishganini iddao qilishmoqda. “Qiynoqlar uchun maxsus xona tashkil qilingan” deydi Xarkiv polisiyasi Bosh Nazoratchisi Sarxiy Bolvinov. U tasvirlarni Twitter sahifasiga joyladi.

40 yoshli Vitaliy Oliya esa o‘zining poyezd stansiyasi yaqinidagi maxsus qiynoq xonasiga olib borilganini u yerda elektroshok bilan kechgan qiynoqni boshidan o‘tkazganini aytgan.