Bu haqda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kelishuv bo‘yicha tashabbuslar osonlik bilan olg‘a siljayotgani yo‘q, biroq ularning kelishuviga umid bor.
Aliyev, shuningdek, Armanistonda ham, Yevropa Kengashida ham “Ozarbayjon tomoni e’lon qilgan 5 tamoyil bo‘yicha hech qanday savol yo‘qligini” aytdi. Ular orasida suverenitetni o‘zaro tan olish, hududiy da’volarning yo‘qligi, davlatlararo munosabatlarda bir-birining xavfsizligiga tahdid solmaslik, davlat chegarasini delimitasiya va demarkasiya qilish, diplomatik munosabatlar o‘rnatish, shuningdek, transport va aloqa hamda boshqa sohalardagi hamkorlik bor.