Davron Gʻoyipov 61 yoshida vafot etdi

O‘zbekistonlik taniq rok-pop yulduzi hastalikdan so‘ng vafot etdi. Bu haqda suhandon Tolibjon Isroilov xabar qildi.

Davron Gʻoyipov 1961 yil 7 oktyabrda tug‘ilgan. Maktabni bitirganidan keyin 1978 yilda u «Yalla» guruhiga bas gitarachi sifatida taklif qilinadi. 1980 yilda Davron Gʻoyipov boshchiligida O‘zbekistondagi ilk rok guruhi – «Original» tuziladi. 1980 yillar boshlarida ijro etilgan «Bu nima bu?» qo‘shig‘i guruhga katta mashhurlik olib kelgan. Qo‘shiq asosida keyinroq film ishlangan va bosh rolni Davron Gʻoyipov ijro etgan.

Bundan tashqari «Qaydasan», «Kerak emas shahlo ko‘zlaring», «Otkrыtoye okno» kabi qo‘shiqlar ham muxlislar ko‘ngillaridan joy olgan.

Dafn marosimi Xorazmda o‘tkaziladi.