Afg‘onistonda sil bilan kasallanish holatlari ko‘paydi

«Tolibon» hukumati Afg‘onistonda tez tarqalayotgan sil kasalligiga qarshi kurashda yordam so‘rab hamkor va xalqaro sog‘liqni saqlash tuzilmalariga murojaat qildi, deb xabar beradi K-News.

«Tolibon» harakati Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari vazifasini bajaruvchi Qalandar Ibod silga qarshi kurash milliy dasturi ijrosi yuzasidan hisobot yig‘ilishini o‘tkazgan. Toliblar amaldorining so‘zlariga ko‘ra, bunga 40 yil davom etgan urush va qashshoqlik oqibatlari sabab bo‘lmoqda.

Qalandar Ibodning qayd etilishicha, silga tashxis qo‘yish va harakatlarni muvofiqlashtirish masalasi jiddiy ahamiyat kasb etmoqda.

«Oldinroq Afg‘onistonga Jahon oziq-ovqat dasturi doirasida yordam ko‘rsatilganidi. Endilikda Kobul boshqa bir falokat qarshisida turibdi. Bu sil epidemiyasi. Mintaqadagi qo‘shnilar va xalqaro tashkilotlar so‘ralyotgan yordam bo‘yicha biror chora ko‘rishiga umid qilamiz», — deyiladi xabarda.