Majburiy ijro byurosining Yashnobod tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Oliy sudining 29.08.2022 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “GOLDEN DREAMLANDS” korxonasidan undiruvchi A.Djalilov foydasiga 348 mln. 370 ming miqdorida qarz undirish haqidagi ijro ishi bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan bo‘lib, ijro hujjati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilgan.
Ijro hujjati yuzasidan bo‘lim davlat ijrochisi M.Raxmanov tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorning nomiga rasmiylashtirilgan moddiy qiymatliklar o‘rganilib, Qonunda belgilangan tartibda band solingan va undiruvni qarzdor nomiga rasmiylashtirilgan moddiy qiymatliklarga qaratish yuzasidan majburiy ijro choralari ko‘rilgan.
04.10.2022 yildagi to‘lov topshiriqnomaga asosan undiruvchi foydasiga undirilishi lozim bo‘lgan jami qarzdorlik to‘liq undirilib, ijro hujjati O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 41-moddasiga asosan tamomlangan.