Britaniya hukumatining Aloqa Markazi Rossiyaning Ukrainaga yadroviy qurol qo‘llashi uchun biror bir asosi yo‘qligini aytdi. Brintaniya Aloqa Markazi vaziri Jeremiy Fleming mavzu bilan aloqador fikrini bayon qilaturib “Yadroviy qurolni ishlatish borasida gap ketganda e’tiborli bo‘lish kerak, bu shunchaki aytiladigan gap emas” deb munosabat bildirdi.
Shuningdek, u “Rossiya armiyasining va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukraina urushiga nisbatan qo‘llayotgan usulini xushlamasak ham, hatto nafratlansak ham, hozircha bizga ma’lum sabablar asosida mulohaza qilamiz. Bunga yadro qurolini ishlatish mavzusi ham taalluqli” dedi va qo‘shimcha qildi: “Putinning ham bu urushni yanada keng ko‘lamda davom ettirishning oqibatidan xavotirga tushayotganiga ishonchim komil. Bu xavfga boshqa tomondan qarayapti, biroq hozirgacha urushda boshqacha taktikaga qo‘l urgani yo‘q”.
Fleming ushbu nutqini har yil Birlashgan Qirollik Xizmatlari Institutida o‘tkaziladigan seminarda bayon qildi. Putinning noto‘g‘ri qarorlar qabul qilayotganini ta’kidlagan Fleming, Rossiya liderining o‘tgan haftada yuz bergan safarbarlik chaqirig‘ini chorasizlikning bir ko‘rinishi ekanligini aytib o‘tdi.
Fleming “Rossiya xalqi va armiyasining chorasiz qolganligiga guvoh bo‘lyapmiz” dedi. Vazir, mart oyidagi so‘zlagan nutqida ham Ukrainadagi ayrim Rus askarlarining vazifalarini bajarishdan bosh tortishganini, urushda faollarning ham xatolikka yo‘l qo‘yilgani sabab o‘z samolyotlaridan birini o‘qqa tutishganini aytgan edi.