Amerikaning saraton jamiyatining tadqiqotchilarining ma’lumotiga qaraganda, kuniga 6 soat va undan ko‘proq vaqt o‘tirib o‘tkazilsa, yo‘g‘on ichak saratonidan vafot etish xavfi 36 foizga ortadi.
Olimlar buning nima bilan bog‘liq ekanligini aniqlamagan, ammo ularning taxmin qilishicha, uzoq vaqt davomida o‘tirish qondagi glyukoza va insulin me’yorining yomonlashishiga, bu esa o‘simta o‘sishiga olib kelishi mumkin.