Toshkent shahriga eng ko‘p Qashqadaryo va Toshkent viloyatlaridan ko‘chib kelishgan

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil yanvar-sentyabr oylarida Toshkent shahriga respublikaning boshqa hududlaridan doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelganlar soni 36902 kishini tashkil etgan.

Toshkent shahriga ko‘chib kelish o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5171 kishiga (13,3 foizga) kamaygan.

2022 yilning 9 oyida Toshkent shahriga hududlardan doimiy yashash uchun ko‘chib kelganlar soni:

— Toshkent viloyati – 16361 kishi

— Qashqadaryo viloyati – 4598 kishi

— Samarqand viloyati – 2696 kishi

— Surxondaryo viloyati – 2153 kishi

— Buxoro viloyati – 2049 kishi

— Farg‘ona viloyati – 1640 kishi

— Andijon viloyati – 1282 kishi

— Xorazm viloyati – 1281 kishi

— Navoiy viloyati – 1146 kishi

— Namangan viloyati – 1122 kishi

— Jizzax viloyati – 970 kishi

— Sirdaryo viloyati – 828 kishi

— Qoraqalpog‘iston R. – 776 kishi