Mingbuloq tumanida yer maydoni savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mingbuloq tuman bo‘limi tomonidan DXX bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “R.K.” fermer xo‘jaligi rahbari D.E. fuqaro D.ga ushbu fermer xo‘jaligiga o‘rmonchilik tashkil etish maqsadida ijaraga berilgan 2 gektar yer maydonini o‘ziniki ekanligini aytib, evaziga 15 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.