“Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi qonun (O‘RQ–793-son, 12.10.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi.
Qonunda elektron raqamli imzoning va qo‘lda shaxsan qo‘yilgan imzoning bir xil ahamiyatga ega ekanligi e’tirof etildi.
ERI kalitini berish yoki uning sertifikatini ro‘yxatga olish bir ish kunidan oshmasligi kerak.
ERI kalitiga ega bo‘lgan shaxslar ERI mavjud bo‘lishi talab qilinadigan davlat xizmatlarining barcha turlaridan erkin foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
ERI kaliti sertifikatining amal qilish muddati ro‘yxatga olingan paytdan e’tiboran 24 oydan oshmasligi kerak. Bunda ERIning amal qilish muddati ikki martadan ko‘p bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.