Turkiyada 2023 yil 1 yanvardan boshlab «Yashash joyi solig‘i»ni joriy etish to‘g‘risidagi qonun kuchga kiradi. Bu ma’lumotni Turkiya Respublikasi Moliya va g‘aznachilik vazirligi rasman tasdiqladi. Bu haqda «Tengritravel.kz» ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, «Yashash joyi solig‘i» sayyohlardan o‘zi yashayotgan mehmonxona hududida ko‘rsatilayotgan barcha xizmatlarning 2 foizi miqdorida soliq undirilishini ko‘zda tutadi.
Shuningdek, mehmonxona, kurortlar mehmon uyi va boshqa joylar hududlarida ko‘rsatilayotgan barcha xizmatlar uchun ham yig‘im undiriladi. Hujjat matnida qayd etilishicha, mamlakatga kirib kelgan turistlar to‘lovni ro‘yxatdan o‘tish vaqtida amalga oshirishlari kerak.