Erondagi qamoqxonalardan birida yong‘in chiqdi

Eronning poytaxti Tehrondagi qamoqxonalardan birida yong‘in sodir bo‘ldi.

Yong‘in vaqtida ayrim mahbuslarning liboslarini yechib olovga tashlaganlari ma’lum bo‘ldi. Mahbuslar bilan soqchilar o‘rtasida janjal yuzaga kelgani va 8 kishining yaralangani aytilmoqda.

Eron rasmiylarining bildirishicha, yong‘in mahbuslar tomonidan atay uyushtirilgan. Maxsus xizmat yong‘inni o‘chirdi, bu paytda mahbuslar soqchilar tomonidan nazoratda turishdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur holat bilan bog‘liq tarqalgan videotasvirlarda siyosiy mahbuslarning qamoqxonasida yuz bergan yong‘in asnosida qurollardan otilgan o‘q ovozlari ham eshitilgan.