Italiyalik epidemiologlar fikricha, noyabr oyida dunyo bo‘ylab koronavirus pandemiyasining navbatdagi to‘lqini avj olishi mumkin. Bu jahonda “omikron” shtammining yangi — BQ.1.1 subvarianti tarqalish xavfi bilan izohlanmoqda. Mutaxassislar unga “syerber” deb nom berishgan.
Prognozlarga ko‘ra, agar tegishli profilaktik chora-tadbirlar kuchaytirilmasa, ushbu yangi mutasiya yaqin kelajakda dominant versiyaga aylanishi mumkin.
Xususan, Shveysariyaning Bazel universiteti Biologik markazi tadqiqotchisi K.Royemerning ta’kidlashicha, noyabr oyi oxirigacha Yevropa va Shimoliy Amerika qit’alarida “syerber” qolgan subvariantlarni “siqib chiqarishi” ehtimoli mavjud.
Qolaversa, BQ.1.1 tez tarqalish xususiyatiga ega. Ya’ni u bir hafta ichida ikki baravar ko‘paya oladi.
Xo‘sh, bunga qarshi qanday samarali kurash olib borish mumkin?
Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, СOVID-19dan himoyalanishning eng samarali chorasi kasallikka qarshi buster dozada emlanishdir.