«Zamministr»lar tumanlarga haydalmoqda

➖Mirzayev Akmal Arziyevich Sardoba tumani hokimi etib tayinlandi. Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

➖Inomov Xamidullo Tadjiyevich Farg‘ona tumani hokimi etib tayinlandi. Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi mas’ul xodimi lavozimida ishlagan.

➖Latifjonov Azizbek Raximovich Paxtaobod tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining moddiy-texnika va moliya-iqtisodiyot bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

➖Berdikulov Sirojiddin Valikulovich Nurobod tumani hokimi etib tayinlandi. Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

➖Ummatov Bekzod Hamzayevich Asaka tumani hokimi etib tayinlandi. Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi rais o‘rinbosari lavozimida ishlagan.