Majburiy ijro byurosi Xorazm viloyati boshqarmasi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining 11.06.2022 yildagi qarzdor «P.B.» MCHJ hisobidan undiruvchi ATIB «Ipoteka bank» Xorazm viloyat filiali foydasiga jami 16,5 mlrd. so‘m miqdoridagi kreditdan bo‘lgan qarzdorlikni undirish haqidagi ijro hujjati kelib tushgan.
Mazkur ijro ishi yuzasidan garov mulki bo‘lgan sherik javobgar “X.Sh.” MCHJga tegishli bo‘lgan Urganch shahrida joylashgan umumiy yer maydoni 1 167 kv.m.dan iborat savdo qilish shahobchasi binosi 02.10.2020 yilda bank hamda tomonlar o‘rtasida notarial tartibda imzolangan ipoteka shartnomasiga asosan 3,5 mlrd. so‘mga baholangan.
Ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida xatlangan mol-mulkni elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi orqali “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida sotish uchun savdoga chiqarildi.
Binoning boshlang‘ich sotuv bahosi 3,5 mlrd. so‘m etib belgilangan.