Eshitganlar hayratda: har 30 milliondan bittada kuzatiladi

Dunyo bo‘ylab hayratlanarli tug‘ilishlar sodir bo‘lmoqda. Kamdan-kam uchraydigan ayrim holatlar barchani birdek hayratga solmoqda. Eronda bir chaqaloqning jinsiy a’zosi yo‘q holatda tug‘ilganligi ma’lum bo‘ldi.

Har 30 milliondan bitta kuzatiladigan bu holat chindan ham kishini hayron qoldiradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, chaqaloqning onasi homiladorlik davri odatdagidek kechganini aytgan. Ya’ni, u o‘zida hechqanday farqli holatlarni sezmagan. Chaqaloqda o‘g‘il bolalarga xos moyak mavjud bo‘lishiga qaramay jinsiy a’zosi yo‘q. Jinsiy a’zosi yo‘q holda tug‘ilish juda noyob hodisa ekanligini ta’kidlagan shifokorlar bolaga jinsiy a’zo ko‘chirib o‘tkazishlarini aytdi. Afaliya deb nomlangan bu kasallik tibbiyotda 100 tani ham tashkil qilmaydi.

Afaliya, homiladorlikning dastlabki bir necha oyida jinsiy organlarning rahmda normal holatda rivojlanmasligi sababli yuzaga keladi. Mutaxasislar yuqoridagi holat yuzasidan o‘z mulohazalarini bildirisharkan, bolaning sog‘lom ekanligini, holati yaxshiligini aytishmoqda. Endilikda jarrohlar jinsiy organsiz tug‘ilgan o‘g‘il bola chaqaloqlar uchun yasama olat yaratishlari mumkin.

Faqat bu borada mutaxasislar o‘rtasida ayrim bahslar paydo bo‘lmoqda. Bir guruh shifokorlar sun’iy jinsiy a’zo operasiyasi jinsni o‘zgartirish yoki ayollashtirish amaliyoti ekanligini aytishmoqda. Sababi jinsiyatga insonning boshqa a’zolari ham muvofiq bo‘lishi uchun yuzdagi soqol hamda ovozning ham erkakka monand bo‘lishi kabi jihatlarni hisobga olish zarur bo‘ladi. Afaliya kasalligi bilan tug‘ilgan go‘daklarning nima sababdan ushbu xastalikka yo‘liqishganligi hozircha ma’lum emas.

Shuningdek, shifokorlarning fikricha, bu holat aslida ko‘rsatilgan raqamlardan ko‘ra yuqoriroq ko‘rsatkichda, buni esa ko‘pchilik sir tutyapti.