20 yildan buyon ko‘z shifokori sifatida faoliyat yurituvchi Katerina Kurteyeva, qabuliga kelgan bemorining ko‘zidan chiqqan narsalarga ishonolmadi. Bu holatni ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon qildi.
Ko‘rish muammosi borligi uchun necha yillardan buyon kontakt linza taqadigan bemor, ko‘zidagi linzalarni unutgani yetmagandek 2 yil davomida shifokorga murojaat qilmagan. Shu yillar mobaynida ko‘rish qobiliyati tobora yomonlashib borayotgani va ilojsiz qolgani tufayligina u shifokor nazoratidan o‘tishga qaror qilgan.
Ko‘z shifokori ko‘rib turgan narsasiga ishonolmay yoqa ushladi. 20 yillik tajribaga ega shifokor keksa bemor ayolning ko‘zidan 23 ta linza chiqarib oldi. Kurteyeva bemoriga kontakt linzalaridan ko‘zini biroz dam oldirishi lozimligini ta’kidlashiga qaramay bemor bu taklifni qabul qilmadi. Va yana linza taqdi. Linzalar olib tashlanganidan bir oy o‘tib, bemorning ko‘rishi anchagina yaxshilangani ma’lum bo‘ldi.
Keksalarga bir yilda bir marotaba ko‘z shifokoriga murojaat qilishlari tavsiya qilingan bo‘lishiga qaramay ushbu qahramon ikki yil davomida shifokor qabuliga bormagan. Kurteyeva, bemor ayolning 30 yildan buyon kontakt linzadan foydalanishini, o‘z sog‘ligiga bunchalik loqayd bo‘lishi haddan tashqari e’tiborsizlik ekanini afsus bilan aytib o‘tdi.
Shuningdek, mutaxasis Kurteyeva, bemorning bu holatda ko‘rish qobiliyatini butunlay yo‘qotmagani va infeksiyaga uchramagani juda katta omad ekanini ta’kidladi. Qolaversa, u faoliyati davomida biror marta bunday holatga duch kelmaganini aytdi.