Yong‘oq yurak-qon tomir tizimi, miya ishidagi muammolarni oldini oladi, shuningdek, tanani saraton rivojlanish xavfidan himoya qiladi.
Tajriba davomida bir guruh olimlar 7,2 mingdan ortiq odamning ovqatlanish odatlarini sinchkovlik bilan o‘rganishdi.
Tajriba deyarli 5 yil davom etdi.
Ko‘ngillilarning ovqatlanish odatlari tahlili shuni ko‘rsatdiki, yong‘oqni muntazam iste’mol qiladiganlar o‘rtasida erta o‘lim xavfi sezilarli darajada kamaygan.
Yong‘oqni umuman iste’mol qilmaganlar bilan solishtirganda, ularning o‘lim xavfi 39% ga kam bo‘lgan.