O’zbekiston respublikasining Ipakchililk va jun sanoatini rivojlantirish qo’mitasi raisi B.Sharipov, «O’zbekipaksanoat» uyushmasi boshqaruv raisi O.Jumayev.Ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti direktori Sh.Abdulazizov hamda O’zbekiston Respublikasining Vyetnamdagi favqulodda va muxtor elchisi U.Ro’ziqulovlar Vyetnam Qishloq xo’jaligi va hududlarni rivojlantirish vaziri o’rinbosari Fung Dyuk Tien bilan uchrashdilar.
Uchrashuvda Vyetnam davlatiga o’zbek ipak mahsulotlari eksporti hajmini oshirish, Vyetnam tajribasini o’rgangan holda ipak sanoatida ilm-fan sohasida hamkorlikni yo’lga qo’yish, pillachilik sohasida qo’shma loyihalarni amalga oshirish, ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari yuzasidan kelishib olindi.
Eslatib o’tamiz, Vyetnamga tashrif davomida 12 ta yirik eksport shartnomalari, 9 ta qo‘shma investitsiya loyihalarini tashkil etish va ilmiy tadqiqot ishlarida o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha 2 ta hujjatlarni imzolash belgilangan.