1999 yil 16 fevral voqealari ishtirokchisiga o‘qilgan sud hukmi e’lon qilindi
E’lon qilingan sud hukmiga ko‘ra, J.Yu. Jinoyat kodeksining 155-moddasi (terrorizm), 159-moddasi (O‘zbekiston Respublikasining konstitusiyaviy tuzumiga tajovuz qilish), 161-moddasi (qo‘poruvchilik), 164-moddasi (bosqinchilik), 223-moddasi (qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish), 242-moddasi (jinoiy uyushma tashkil etish) hamda 244-2-moddasi (diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga uzil-kesil 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.