Toshkentda bolakay ko‘pqavatli uyning derazasidan tushib ketdi

Ko‘p qavatli uyning 11-qavatidan 1,5 yashar bola tushib ketdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi ma’lum qildi.


Voqea Toshkentning Shayxontohur tumanida sodir bo‘lgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning ma’lumot berishicha, voqea 1 may kuni yuz bergan. 2020 yilning noyabrida tug‘ilgan o‘g‘il bola onasi uy ishlari bilan band bo‘lgan vaqtda qarovsiz qolib ketgan.

Bola ochiq qolgan, himoya to‘sig‘i bo‘lmagan uy oynasi oldidagi divan ustida o‘ynab turganida shu joydan pastga tushib ketib, voqea joyida vafot etgan.