Ichki ishlar vazirining «Ichki ishlar organlari ekspert-kriminalistika bo‘linmalari xodimlari, ishchi va xizmatchilariga har oylik ustama haq belgilash tartibi to‘g‘risida» 2022 yil 27 apreldagi 126-son buyrug‘i imzolandi.
Mazkur buyruqqa asosan EKB xodimlari, ishchi va xizmatchilariga ustama haq belgilangan mezonlar asosida to‘plangan ballar bo‘yicha to‘lanadi.
Kriminalistika bo‘linmalari xodimlari, ishchi va xizmatchilariga ustama haq berish bo‘yicha to‘lov xarajatlari ichki ishlar organlari byudjetdan tashqari jamg‘armalarining kriminalistika bo‘linmalariga tegishli mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Ekspert-kriminalistika bo‘linmalari xodimlariga to‘lanadigan har oylik ustama haq 2023 yil 1 yanvardan, 2022 yil uchun istisno tariqasida 2022 yil 1 iyuldan beriladi.