Bolgariya prezidenti Rumen Radev kortejining bosh mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi (YTH) sodir bo‘ldi.
Bu voqea Plovdiv shahri yaqinida yuz bergan. Avtomobil yuk mashinasiga borib urilgan va hodisa oqibatida prezident jamoasining 2 nafar xodimi, jumladan, uning davolovchi shifokori tan jarohati olgan. Jabrlanganlar kasalxonaga olib ketilgan.
Fojiaga yomg‘ir yoqqani sabab bo‘lgani aytilmoqda.