Gresiyaning Iraklion shahrida o‘tkazilayotgan yoshlar o‘rtasidagi dunyo birinchiligida yigitlar o‘rtasida -102 kg vazn toifasidagi bahslar hamyurtimiz Sharofiddin Amriddinovning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Polvonimiz dast ko‘tarish mashqida 168 kg natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritdi. Siltab ko‘tarish mashqida esa 204 kg bilan oltin medalni naqd qildi. Asosiysi, har ikki mashq yakunida 372 kg natija qayd etgan polvonimiz chempionlikni tantana qildi.
Og‘ir atletika bo‘yicha U-20 JCh
Yigitlar, -102 kg:
Sharofiddin Amriddinov (O‘zbekiston) – 372 (168+204) kg
Petros Petrosyan (Armaniston) – 363 (161+202) kg
Muhammad Hamada (Falastin) – 361 (168+193) kg