Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Davlat kadastrlar palatasi muhandisi qo‘lga olindi. Bu haqda Departament axborot xizmati ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, Davlat kadastrlar palatasining Guliston shahar filiali kadastr muhandisi O.I. fuqaro S.ning Guliston shahar, “Bahor” mahallasidagi uyining kadastr hujjatlarini shakllantirib, otasining nomiga rasmiylashtirib berish evaziga o‘z xizmat xonasida 300 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda