O‘zbekiston Konstitusiyasiga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitusiyaviy komissiya tuzildi. Bu haqda Senat va Qonunchilik palatasi kengashlarining qo‘shma majlisida ma’lum qilingan.
Unga ko‘ra, Oliy Majlis Senati Kengashi va Qonunchilik palatasi Kengashining qo‘shma majlisida komissiyaning tarkibi va vazifalari belgilandi. Akmal Saidov ushbu komissiyaga rais etib tasdiqlandi.