UzAuto Motors 2022 yilda avtomobillar ishlab chiqarishni keskin oshirdi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda 95 023 ta yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan.


Ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 30 036 taga oshgan.

2022 yilning yanvar-aprel oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:

— Avtomobil benzini – 382,3 ming tonna

— Ko‘mir – 1,6 mln. tonna

— Neft – 248 ming tonna

— Gaz kondensati – 459 ming tonna

— Yengil avtomobil – 95 023 dona

— Avtobus – 247 dona

— Yuk avtomobillari – 1188 dona

— Avtomobil dvigatellari – 71,1 ming dona