Jahonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari yana oshib bormoqda. So‘nggi haftada o‘sish dinamikasi dunyoning 70 ga yaqin davlatida qayd etilgan.
JSST rahbari Tedros Gebreyesus Jenevada bo‘lib o‘tayotgan assambleya sessiyasida Afrika davlatlarida COVID-19dan o‘lim ko‘rsatkichlari ko‘payayotgani ham xavotirli ekanligini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “koronavirus har qadamda “tuhfa”lar hozirlashi mumkin va uning intensivligini oldindan aytib bo‘lmaydi”.
Xo‘sh, buyog‘iga qanday yo‘l tutgan ma’qul?
T. Gebreyesus bu haqda to‘xtalar ekan, barcha mamlakatlarni aholisining kamida 70 foizini emlash bilan qamrab olishga chaqirdi.
Shu bilan birga, tibbiyot xodimlari, 60 yoshdan oshganlar hamda yondosh kasalligi bo‘lganlar 100 foiz vaksina olishlari zarur.
Ammo, bugungi kunga qadar atigi 57 ta davlat 70 foizlik ko‘rsatkichga erishgan, xolos. Dunyoda miqyosida esa bu raqamlar o‘rtacha 60 foizni tashkil etyapti.