Bugun ayrim hududlarda havo harorati 34 darajagacha ko‘tariladi

«O‘zgidromet» 3 iyun kuni respublika hududlarida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi, 12–17 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 16–18 daraja, kunduzi 28–30 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12–17 daraja, kunduzi 27–32 daraja bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18–23 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13–18 daraja, kunduzi 28–33 daraja bo‘ladi.

Toshkent viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18–23 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13–18 daraja, kunduzi 25–30 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18–23 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 25–30 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18–23 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 14–19 daraja, kunduzi 29–34 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18–23 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13–18 daraja, kunduzi 28–33 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8–13 daraja, kunduzi 13–18 daraja bo‘ladi.