Fuqaro foydasiga 2 mlrd. so‘mdan ortiq qarz undirib berildi. Bu haqda MIB axborot xizmati ma’lum qildi.
Majburiy ijro byurosining Shayxontohur tuman bo‘limi ish yurituvidagi fuqarolik ishlari buyicha Shayxontoxur tumanlararo sudining 22.02.2022 yildagi ijro varaqasiga asosan xizmat ko‘rsatishda shartnoma talablarini buzganligi sababli qarzdor Olmazor Business City MCHJdan undiruvchi A.Dusmuxamedov foydasiga 2.041.700.085 so‘m qarz undirish belgilangan.
Qarzdorlikni to‘liq undirish bo‘yicha qarzdorning barcha ko‘chmas mulklari va avtotransport vositalari, bank hisob raqamlariga band solinib majburiy ijro harakatlari olib borilgan va davlat ijrochisi B.Nodirov tomonidan olib bolrilgan tushuntirish ishlari natijasida 2.041.700.085 so‘m qarzdorlik to‘liq undirilib amalda ijrosi ta’minlangan.