Kecha, 5 iyun kuni noma’lum shaxslar Rossiyaning Peterburg shahrida joylashgan Uzbekistan Airways kompaniyasining 3 ta ofisiga bomba qo‘yilgani haqida xabar bergan.
Rus nashrlarining xabariga ko‘ra, bomba haqidagi xabar Pulkovo pochta bo‘limiga yuborilgan. Noma’lum shaxslar hech qanday talab qo‘ymagani aytilgan.
Polisiya uchala ofis va uning atrofini ko‘zdan kechirib chiqishgan va xavfli buyumlar topisholmagan.
Ayni paytda jinoiy ish ochish masalasi ko‘rib chiqilyapti.