Sirdaryoda qarzdor tomonidan yashirib qo‘yilgan yuk avtomobili Baxt shahridan topildi. Bu haqda MIB axborot xizmati ma’lum qildi.
Sirdaryo tuman Davlat soliq inspeksiyasining 08.04.2022 yildagi, qarzdor “Baxt tekstil” MCHJdan undiruvchi davlat foydasiga 323 187 496 so‘m, soliq va boshqa majburiy to‘lovlar undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati Byuroning Sirdaryo tuman bo‘limiga kelib tushgan kundan ishga kirishgan. soliq qarzi vaqtida to‘lanmaganligi sababli, ijro ishi doirasida qarzdorga tegishli SINOTRUK HOWO rusumli davlat belgisi 20 950 OAA bo‘lgan avtomashinasiga nisbatan 2022 yil 25 aprel kuni qidiruv e’lon qilingan.
Byuroning Sirdaryo viloyat boshqarmasi qidiruv shoʻbasi xodimlari tomonidan tezkor qidiruv tadbirlari davomida, SINOTRUK HOWO rusumli avtomashina Baxt shahridagi xonadonlarning birida turganligi aniqlanib, xatlandi va vaqtincha saqlash uchun Sirdaryo tumanida joylashgan YPX maskaniga olib borildi.
Ijro harakatlari davomida qarzdorlik to‘liq undirilib, qidiruv harakatlari tugatildi.