Sirdaryoda bir yoshli bolasini $15 mingga sotayotgan ona ushlandi

Sirdaryoda bir yoshli bolasini $15 mingga sotayotgan ona ushlandi. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, Sirdaryo viloyatida 1996 yilda Xovos tumanida tug‘ilgan, Guliston shahrida yashab kelayotgan O.U. o‘zining 2021 yil 3 iyun kuni tug‘ilgan farzandi O.Sh.ni o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganligini va ojiz ahvoldaligini bila turib, “xaridor” fuqaro M.G. ga 15 ming AQSH dollari evaziga sotgan vaqtda ushlangan va undan kimyoviy ishlov berilgan pullar daliliy ashyo sifatida olingan. Mazkur holat yuzasidan O.U.ga nisbatan JKning 135-moddasi, 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.