Xalq ta’limi vazirligi o‘qituvchilarga murojaat qildi.
So‘nggi kunlarda ayrim telegram kanallari Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda faoliyat yuritishi borasida haqiqatga zid bo‘lgan ma’lumotlarni bergan holda, pullik asosda maqolalar chiqarish hamda pullk seminarlarga qatnashish xizmatlarini targ‘ib qilmoqda.
Buning evaziga esa sertifikat egalariga navbatdagi attestasiyadan o‘tish, toifa va ustama olishda yordam bo‘lishi iddao qilinmoqda.
Shu munosabat bilan Xalq ta’limi vazirligi o‘qituvchi-murabbiylarni turli kanallar orqali beriladigan sertifikatlar hech qanday imtiyozlarga ega emasligi va vazirlik pedagoglarga bu kabi pullik xizmatlar ko‘rsatmasligini ma’lum qildi.