Afg‘onistonda mikroavtobus portlatib yuborildi, qurbonlar bor

Afg‘oniston poytaxti Kobulda 12 iyun kuni mikroavtobus portlatildi. Oqibatda kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi, bir necha kishi yaralandi. Bu haqda “Al-Jazeera” nashri xabar berdi. https://t.me/zamonuz/28011

Portlash shaharning sharqiy Bagrami tumanida sodir bo‘lgan va bu so‘nggi oylarda Afg‘onistonni larzaga keltirgan bir qator halokatli portlashlarning oxirgisi hisoblanadi.

Yonib ketgan mikroavtobusning portlatilishini tekshirish uchun hududga Tolibon xavfsizlik xodimlaridan iborat bir guruh safarbar etilgan. Hozircha voqea uchun javobgarlikni hech bir guruh o‘z zimmasiga olmadi.