Kuni kecha Marxamat tumanida tuman MIB raxbari va tuman ichki ishlar raxbari o‘rtasida ziddiyat bo‘lganligi aa bu ziddiyat mushtlashuv bilan yakun topgani haqida kompramatuzb kanali eьlon qilgan. MIB bu holatga rasmiy munosabat bildirdi.
Joriy yilning 12 iyun kuni Telegram ijtimoiy tarmoqlarda Marhamat tumanida tuman hokimi B.Yo‘ldoshev ko‘z o‘ngida tuman IIB boshlig‘i va MIB tuman boshlig‘i o‘zaro mushtlashgani haqidagi xabar chop etilgan.
Xabar yuzasidan Byuroning Andijon viloyati boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.
Aniqlanishicha, 11.06.2022 yilda tuman hokimi B.Yo‘ldoshev Marhamat tumanida sanoat korxonalari uchun mo‘ljallangan yangi Sanoat hududida (promzona) aholi murojaatlari uchun sayyor qabul tashkil etgan.
Sayyor qabul jarayonida tuman IIB va Byuroning Marhamat tuman bo‘limi boshlig‘i o‘rtasida tushunmovchilik yuzaga kelgan va tadbir yakuniga qadar o‘zaro kelishib olishgan.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali turli asossiz yoki to‘liq tasdig‘ini topmagan xabarlarni tarqatmaslikni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Hozirda, o‘rganish ishlari davom etmoqda va natijasi haqida qo‘shimcha ma’lum qilinadi, deyiladi xabarda.