FHDYO eshigida navbat kutish va ortiqcha qog‘ozbozliklar davri tugayapti. Adliya vaziriligi tomonidan ishlab chiqilgan hujjat loyihasi qabul qilinsa, odamlarga ko‘p qulayliklar bo‘ladi. Xususan:
tug‘ilganlik tibbiyot muassasalari orqali FHDYO bo‘limlarida qayd etiladi. Bunda bola tug‘ilganida tug‘ruqxonada beriladigan tegishli QR-kodli ma’lumotnoma tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi;
nikoh tuzish va ajratishni qayd etish uchun FHDYO bo‘limiga ariza berish eksperiment tariqasida Davlat xizmatlari markazlari orqali joriy etiladi;
nikohdan o‘tish uchun ariza berilgani haqida yashash joyidagi mahalla komitetini xabardor qilish shart bo‘lmaydi;
nikohdan ajratish haqida ariza berilganda yarashtiruv komissiyalariga elektron tizim orqali xabar yuboriladi (hozir fuqarolar o‘zlari borishlari kerak);
fuqarolarning familiya, ism va ota ismini o‘zgartirishda tekshiruv o‘tkazish uchun ichki ishlar organiga so‘rovnoma yuborish va xulosa olish axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Loyiha qabul qilinsa, FHDYOda qog‘ozbozlik va korrupsiyaviy omillarning oldini olishga yordam beradi.