Toshkent shahrining quyidagi ko‘chalari joriy yilning 18 iyun kuni soat 17.00 dan 19 iyun kuni soat 09.00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalari uchun harakat vaqtinchalik cheklanadi:
— Islom Karimov va Olmazor ko‘chalari chorrahasidan, Beshyog‘och ko‘chasi bo‘ylab Olmazor va Beshyog‘och ko‘chalari chorrahasigacha;
19 iyun kuni soat 05.30 dan 09.00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida quyida keltirilgan ko‘chalarda avtotransport vositalari uchun harakat vaqtinchalik cheklanadi:
— Beshyog‘och va Furqat ko‘chalari chorrahasidan, Beshyog‘och ko‘chasi bo‘ylab Olmazor va Beshyog‘och ko‘chalari chorrahasigacha;
— Olmazor va Beshyog‘och ko‘chalari chorrahasidan, Afrosiyob ko‘chasi bo‘ylab Afrosiyob va Sharof Rashidov ko‘chalari chorrahasi va Afrosiyob va Shahrisabz ko‘chalari chorrahasigacha;
— Islom Karimov va Olmazor ko‘chalari chorrahasidan, Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab Islom Karimov va Sharof Rashidov ko‘chalari chorrahasigacha;
— Sharof Rashidov va Islom Karimov ko‘chalari chorrahasidan Sharof Rashidov ko‘chasi bo‘ylab Sharof Rashidov va Matbuotchilar ko‘chalari chorrahasigacha;
— Islom Karimov va Sharof Rashidov ko‘chalari chorrahasidan, Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab Taras Shevchenko ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismi.
Ushbu ko‘chalarda «Yoshlar oyligi» munosabati bilan Oliy harbiy o‘quv yurtlari kursantlari hamda professor-o‘qituvchilari ishtirokida «Vatan qalqoni» nomli yugurish bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi.