Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi jinoyat-qidiruv boshqarmasi egizak aka-singillarni o‘ldirib, yerto‘laga yashirib qo‘yganlikda gumonlanayotgan ayolni qidiruvga bergan.
Xabaringiz bor, Andijon shahrining Zafar ko‘chasi 4-uyda yashab kelgan voyaga yetmagan egizak aka-singil S.O‘. va R.O‘.ning jasadlari uy yerto‘lasidan qotillik alomatlari bilan topilgan edi.
Andijon shahar prokuraturasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi a bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan, IIB esa ushbu qotillikda gumondor ayolni qidiruvga bergan.
Ma’lum bo‘lishicha, gumondor Yo.S.Dadaboyeva 1995 yilda Izboskan tumani Maygir qishlog‘ida tug‘ilgan.
Uning belgilari: bo‘yi 155-160 sm., yuzi ovalsimon, sochlari o‘rtacha qora, qoshlari yoysimon, ko‘zi qora, burni o‘rtacha kattalikda.
Alohida belgilari: qornining pastki qismida operasiyadan chandiq qolgan, o‘ng labining tepasida xoli bor va 7 oylik homilasi ham mavjud.