Kecha, 20 iyun kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot kotibi tomonidan pora olish bilan bog‘liq jinoyatlar tahlili bo‘yicha ma’lumot berilgan edi.
Unda, pora olish jinoyatlari bo‘yicha $2,3 mln va 113,7 mln so‘m pora olingan bo‘lib, 62 ta holatda AQSH dollarida, 29 ta holatda so‘mda olingan.
Eng ko‘p pora miqdori $2 mln, eng kam pora miqdori $50 bo‘lgan bo‘lsa, o‘rtacha pora miqdori $37 819 dan iborat bo‘lgani qayd etilgan.
Ammo, agentlik mazkur xabardagi ma’lumotlarni taqdim etishda texnik xatolikka yo‘l qo‘yilganligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, aslida apora olish jinoyatlari bo‘yicha $500 ming va 113,7 mln so‘m pora olingan bo‘lib, 62 ta holatda (o‘rtacha $8065) AQSH dollarida, 29 ta holatda (o‘rtacha 3,92 mln so‘m) so‘mda olingan.
Eng ko‘p pora miqdori $200 mingni, eng kam pora miqdori $50 ni tashkil etgan.