Kim Chen In mamlakat qurolli kuchlarini qayta tashkil qilishga topshiriq berdi

KXDR rahbari Kim Chen In mamlakat qurolli kuchlarini qayta tashkil qilish ishlarini o‘tkazmoqda.

Bu haqda Pxenyanda bo‘lib o‘tayotgan Ishchilar partiyasi Markaziy harbiy qo‘mitasi (MMK) yig‘ilishining ikkinchi kunida muhokama qilindi, deb xabar beradi Koreya markaziy axborot agentligi.

“Partiyaning harbiy-strategik maqsadlaridan kelib chiqqan holda, KPA front qo‘shinlari uchun qo‘shimcha tezkor vazifalarni belgilash, operativ rejaga o‘zgartirishlar kiritish va asosiy harbiy tashkilotlarni qayta tashkil etish masalalari muhokama qilindi”, — deyiladi telegraf agentligi xabarida.

Biroq Shimoliy Koreya armiyasi tuzilmasi qanday o‘zgarishi haqida aytarli aniq ma’lumot berilmagan.

Bundan tashqari, qo‘mita yig‘ilishida Kim Chen In “oldingi chiziqdagi qo‘shinlarning operativ salohiyatini oshirish” chora-tadbirlarini belgilab bergan.

Hozirda Yapon dengizi, Koreyalararo chegaralardagi vaziyatni zo‘r deb bo‘lmaydi. KXDR yadro sinovlariga zo‘r berayotgani bo‘yicha xabarlar berilmoqda.