Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ–780-son, 23.06.2022 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish kiritildi.
Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartishga ko‘ra, insonni undan a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini transplantasiya uchun olishga rozilik berishga majburlaganlik uchun javobgarlik belgilandi va bu qilmish og‘irlashtiruvchi holatlarda 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Inson a’zolarining va (yoki) to‘qimalarining oldi-sotdisi bilan shug‘ullanganlik, shuningdek ularni O‘zbekistondan tashqariga olib chiqib ketganlik uchun ham jinoiy javobgarlik belgilandi.
Mazkur jinoyatlar bilan bog‘liq dastlabki tergov ichki ishlar organlari tomonidan olib boriladi.
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.