​​Tafakkur vaqti: QO‘SHNILAR NEGA BAXTLI YASHAYAPTI?

Ikki qo‘shni uylarda ikki oila yashardi. Birida doimo janjal, boshqasida sokinlik va hamjihatlik hukmron. Bir kuni oldingi uydagi xotin qo‘shninikidagi tinchlikka hasad qilib, eriga aytdi:

– Borib qarangchi, nima qilishyaptiki, ularnikida hamisha osoyishtalik.
Er qo‘shnilarnikiga o‘tib uydagi ahvolni kuzatibdi: ayol pol yuvyapti, eri tashqaridan kelayapti. Xotini oshxonaga shoshildi, er suv to‘la chelakni ko‘rmadi, unga qoqildi, suv to‘kildi. Ayol shoshib kelib eridan kechirim so‘radi:
– Kechiring, azizim, men aybdorman.
– Yo‘q, sen meni kechir, aybdor o‘zimman.
Buni kuzatib turgan qo‘shni erkak lol bo‘ldi va uyiga keldi. Uyda xotini undan so‘radi:

  • Xo‘sh, bildingizmi?
  • Ha, bildim: Bizda HAMMA HAQ, ularda HAMMA AYBDOR ekan.

“Hikmatlar javohiri” kitobidan.