Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pastdarg‘om tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda, “N.” MCHJ rahbari M.M. MDF eshiklarini ishlab chiqarish asbob-uskunalarini xarid qilish uchun hududdagi tijorat bankdan ajratilgan 837,2 mln so‘mlik kredit mablag‘ini talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.