Aholi yana tibbiy niqob taqishga majbur bo‘ladimi?

Savolga Epidemiologiya va yuqumli kasalliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i Rustam Ikromov javob berdi.

-Hozircha jamoat joylarida tibbiy niqob taqib yurish bo‘yicha Respublika maxsus komissiyaning qarori kelmadi, biroq sog‘liqni saqlash va ehtiyotkorlik yuzasidan tibbiy niqoblarni taqib yurishni maslahat beramiz. Ayni damda koronavirusning omikron shtammi ko‘proq uchramoqda. Kasallikka chalinayotganlar orasida 90% — emlanmagan fuqarolar. Qolgani 10% — esa vaksina olganiga 1 yildan ko‘p bo‘lgan, immuniteti past fuqarolar yoki homilador ayollar va bolalardir. Hozirga qadar ro‘yxatga olingan barcha vaksinalar o‘z samarasini ko‘rsatmoqda va shu munosabat bilan mamlakatimizda aynan shu vaksinalardan foydalanish davom ettiriladi.