176 mln so‘mdan ortiq qarz to‘liq undirib berildi

Majburiy ijro byurosi To‘raqo‘rg‘on tuman bo‘limi ish yurituviga joriy yilning o‘tgan davrida 1 508 ta 56,3 mlrd. so‘mlik bank bilan bog‘liq ijro hujjatlari kelib tushgan.

Olib borilgan tadbirlar, majburiy harakatlar davomida 236 ta salkam 30 mlrd. so‘mlik hujjatlar ijrosi ta’minlangan. Bundan tashqari 750 ta hujjat ijrosi bo‘yicha qarzdorlarning talabnoma asosida ish haqiga qaratilgan.

Masalan, Chust tumanlararo iqtisodiy sudining 2022 yil 11 apreldagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “To‘raqo‘rg‘on avto logistika” jamiyatdan ATB “O‘zsanoatqurilishbank” foydasiga 176.484.400 so‘m qarz undirish belgilangan.

Mazkur hujjat Byuroning tuman bo‘limi ish yurituviga olinib, ijro harakatlari olib borildi.

Davlat ijrochisi tomonidan jamiyat mutassaddilariga qarzdorlikni bartaraf etish maqsadida ixtiyoriy muddat berilgan. Biroq, qarz to‘lanmagani uchun majburiy harakatlari olib borildi. Ya’ni, garovdagi “MAN” yuk tranport vositasi xatlangach, qarzdorlik to‘liq bartaraf etildi.