Respublika Gidrometeorologiya markazi iyul oyida kutilayotgan ob-havo prognozini ma’lum qildi.
Joriy yilning 3 iyul kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 4-5 iyul kunlari respublikaning barcha hududlariga Volga bo‘yi hududlaridan nisbatan salqin havo kirib kelishi natijasida kunduzgi havo harorati 30-35 gradusgacha pasayadi.
3-5 iyulda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlari kuzatilishi kutilmoqda. Ayrim hududlarda shamol tezligi 25-28 m/sga yetishi mumkin.
Iyul oyining ikkinchi va uchinchi o‘n kunligida harorat asosan 35-38 gradus atrofida bo‘lishi, ayrim kunlari ba’zi joylarda 40-42 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.
Iyul oyida yomg‘ir yog‘ish ehtimoli kam, faqat tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda 2-4 kun qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Gidrometeorologiya markazi ma’lumotida hozircha bo‘lajak anomal issiqlar haqida ma’lumot berilmagan.