Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov “Qirg‘iziston Respublikasida qimor faoliyati to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Shu bilan birga, kazinoga respublika fuqarolari kirish imkoni bo‘lmaydi.
Jogorku Kenesh deputatlari 22 iyun kuni qimorxonalar, o‘yin avtomatlari va lotereyalarni qonuniylashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlab, prezident qarorini kutayotgan edi.
Qirg‘izistonliklarning o‘yinga kiritilmasligi parlamentda muhokama qilinadigan eng keskin mavzuga aylandi. Respublika hukumati rahbari Oqilbek Japarovning so‘zlariga ko‘ra, IT-mutaxassislari onlayn kazino foydalanuvchilarini ro‘yxatga olish mexanizmini ishlab chiqadi va o‘yin zallariga kirishda barcha tashrif buyuruvchilar yuz nazorati va biometrik pasport nazoratidan o‘tkaziladi.
Bundan tashqari, Japarovning aniqlik kiritishicha, boshqa fuqarolikni qabul qilgan qirg‘izistonliklarning qimorxonada o‘ynashiga yo‘l qo‘ymaydigan mexanizm joriy etish rejalashtirilmoqda.