Misrda ikki ayol akula hujumi oqibatida qurbon bo‘ldi

Misr atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi Xurgadadagi akula hujumining ikkinchi qurboni haqida ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

“Atrof-muhit vaziri Yasmin Fuad Xurgadadagi Sahl Hasheyesh kurorti hududida suzayotgan ikki ayolga akula hujum qilgani haqidagi ma’lumotni olganidan so‘ng, Qizil dengiz mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzishni buyurdi”, — deyiladi xabarda. agentligi izohida.

Qayd etilishicha, bu voqea yuzasidan Misr rasmiylarining birinchi rasmiy bayonotidir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Misrda avstriyalik ayolni akula g‘ajib tashlagan, natijada u vafot etgandi.